
Uzoq-uzoq o’tmishda bir go’zal ayol qirol saroyida deraza yonida kashta tikib o’tirar edi.
Bu Qirolicha ekan. U oq matoga gullar tikar va o’ylardi: «Agar mening jajji qizalog’im bo’lganida qanchalar baxtli bo’lar edim!» U mudrab barmog’iga igna sanchib olibdi va uch tomchi qoni matoga tomibdi. «Mening qizalog’imning lablari qondek qizil, tanasi qordek oppoq, sochlari mum-dek tim qora bo’lsa, qanday go’zal bo’lar edi u», – o’ylar edi Qirolicha.
Vaqt o’tib Qirolicha qiz ko’rdi va u onasi orzu qilganidek juda go’zal edi. Baxtiyor Qirolicha qiziga Oppog’oy deb ism qo’ydi. Ammo Qirolicha juda betob edi va qizi hali yosh chog’ida olamdan o’tibdi. Oppog’oyning otasi – Qirol ancha vaqtgacha juda qayg’urdi va yolg’iz yashadi. Va, nihoyat, qirol yana uylandi va bu qirollikda katta bayram bo’ldi.
آردینی اوخو/Ardını oxu